Ambro
YO’TAL BEZOVTA QILADIMI?
Амбро- yangi avlod
mukolitik preparati
Uch ta’sirga ega: balg’am ko’chiradi, yo’talni yengillashtiradi, o’pkani himoya qiladi3
Reseptsiz beriladi
AMBRO® IJOBIY XUSUSIYATLARI
Ambro xususiyatlari
Ambro® – yangi avlod mukolitik preparati bo’lib, nafas olish tizimi yallig’lanish kasalliklarida balg’am ko’chishini yaxshilaydi
Keng ishlab chiqarish lineykasi: 4 ta shakl
Ambro mahsulotlari keng ishlab chiqarish lineykasida siroplar, ingalyasiya uchun eritma, tabletkalar va in’eksiyalar bor.
O’zida spirt va qand moddasini saqlamaydi
Og’iz qurishi, teri ta’sirchanligiga, allergiyalar paydo bo’lishiga olib kelmaydi2
Butun oila uchun. Katta yoshdagilar va bolalar uchun mo’ljallangan
Yangi tug’ilish davridan e’tiboran qo’llanishi mumkin2
Qo’shimcha xususiyatlari1
Bronxospazmni chaqirmaydi, antibakterial preparatlar ta’sirini kuchaytiradi
Surfaktant sintezi stimulyasiyasi
O’pka hujayralariga patogen mikroorganizmlar kirishiga to’sqinlik qiladi3
O’pkani himoya qiladi3
Uch ta’sirga ega: nafas olish a’zolarini himoya qilishga yordam beradi, balg’amni suyultiradi va tozalaydi
BILISH FOYDALI
Siz yo’tal, uning turlari to’g’risida nimalarni bilishingiz kerak?
Yo’tal nima?
Bu refleks bo’lib, uning yordamida nafas yo’llari organizmga keraksiz moddalar: begona zarralar, mayda chang yoki mikroorganizmlardan bo’shatiladi
Nafas olish tizimi kasalliklarining asosiy simptomlaridan biri va ko’pincha pasiyentlar tibbiy yordam uchun murojaat qiladigan muammo hisoblanadi
Yo’tal (3 haftadan kamroq), o’tkir osti (3 haftadan 8 haftagacha) va surunkali (8 haftadan ko’proq) kechishi mumkin
Yo’talning o’tkir kechishi eng keng tarqalgan sabablari virusli va bakterial respirator infeksiyalar hisoblanadi
AMBRO® MAHSULOTLARI LINEYKASI

Ambro shakllari

Davolash uchun tavsiya hisoblanmaydi. Preparat qo’llanishidan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.
Ambro ichga qabul qilish uchun sirop
Ambro yo’taldan tabletkalar
Ichga qabul qilish va ingalyasiya uchun eritma
Ambro ichga qabul qilish uchun sirop
QO’LLANILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA

Ambro qanday qabul qilinadi?

Dozalash rejimi tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomaga muvofiq bo’lishi kerak.

Bolalar
2 yoshgacha
2,5 ml
Sutkada 2 mahal
Bolalar
2 yoshdan 5 yoshgacha
2,5 ml
Sutkada 3 mahal
Bolalar
5 yoshdan 12 yoshgacha
5 ml
Sutkada 2-3 mahal
Katta yoshdagi pasiyentlar va
12 yoshdan katta yoshdagi bolalar
10 ml
Davolashning dastlabki...ochiq
Bolalarga
1 yoshdan 2 yoshgacha
1,25 ml
Sutkada 2 mahal
Bolalarga
2 yoshdan 6 yoshgacha
1,25 ml
Sutkada 3 mahal
Bolalarga
6 yoshdan 12 yoshgacha
2,5 ml
Sutkada 2-3 mahal
Katta yoshdagi pasiyentlar va
12 yoshdan katta yoshdagi bolalar
5 ml
Davolashning dastlabki...ochiq
Bolalarga
6 yoshdan 12 yoshgacha
½ tabletka
Sutkada 2-3 mahal
Katta yoshdagi pasiyentlarga va 12 yoshdan katta yoshdagi bolalar:
12 yosh
1 ta tabletka
Dastlabki 2-3 sutka...ochiq

Ichga qabul qilish uchun

Bolalar
2 yoshgacha
Ichga qabul qilish uchun 1 ml
Sutkada 2 mahal 1 ml...ochiq
Bolalar
2 yoshdan 6 yoshgacha:
Ichga qabul qilish uchun 1 ml
Sutkada 3 mahal 1 ml dan eritma.
Bolalar
6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar:
Ichga qabul qilish uchun 2 ml
Sutkada 2-3 mahal...ochiq
Katta yoshdagi pasiyentlarga
va 12 yoshdan katta yoshdagi bolalarga:
Ichga qabul qilish uchun 4 ml
Dastlabki 2-3 kun...ochiq

Ingalyasiya uchun eritma

Bolalar
6 yoshgacha:
1-2 ingalyasiya
Har kuni 1-2 ml...ochiq
Katta yoshdagi pasiyentlarga
va 6 yoshdan katta yoshdagi bolalarga
1-2 ingalyasiya
Har kuni 2-3 ml ...ochiq
SAVOL-JAVOB
Tez-tez beriladigan savollar
Ambro preparati ta’sir mexanizmini qanday izohlash mumkin?
Ambro preparatidagi faol modda – Ambroksol gidroxlorid kompleks ta’sirga ega:
  • Balg’am yopishqoqligi kamaytiradi
  • Balg’am sekresiyasini oshiradi
  • Balg’am ko’chishiga yordam beradi
  • Yo’talni yengillashtiradi.
Ambro preparati antibiotiklar bilan birga qo’llanishi mumkinmi?
Pasiyentga antibiotik buyurilgan holatda, parallel ravishda ambroksol qo’llanishi mumkin, bundan tashqari, muayyan tadqiqotlar natijalariga asosan ambroksol gidroxlorid balg’amda va bronxial sekretda ayrim antibiotiklar: amoksisillin, sefuroksim, eritromisin va doksisiklin konsentrasiyasini oshiradi.
Ambro ingalyasiya uchun eritmasidan qanday foydalanish mumkin?
  • Ambro® ingalyasiya uchun eritmasidan turli xil ingalyasiya uskunalarida foydalanish mumkin.
  • Fiziologik eritma bilan teng qismlarda (1:1 nisbatda) aralashtirish mumkin.
  • Ingalyasiyadan oldin eritmani tana haroratigacha isitish kerak.
  • Ingalyasiyani odatdagi nafas olish rejimida o’tkazish kerak.
  • Dozalar, tegishli ravishda, yosh bo’yicha tanlanadi.
Ambro preparatining qo’llanish muddati qanday?
  • Qo’llanish muddati shifokor tomonidan yakka tartibda belgilanadi.
  • Shifokor bilan maslahatlashilmagan holda, preparatni 4-5 kundan ko’proq muddat qabul qilish kerak emas.
  • 2 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda preparat faqat shifokor bilan konsultasiyadan so’ng qo’llanishi mumkin.
Ambro preparatini qachon (ovqatlanishgacha, ovqatlangandan so’ng yoki ovqatlanish vaqtida) qabul qilish kerak?
  • Ovqatlanishdan qat’i nazar qabul qilish mumkin.
  • Tabletkalar ichga qabul qilinadi, chaynamagan holda, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichiladi.
Agar bir doza o’tkazib yuborilgan bo’lsa, so’ngra ikki baravar dozani qabul qilish mumkinmi?
Unutib qoldirilgan doza o’rnini to’ldirish uchun ikki baravar dozani qabul qilmang.
Homiladorlik vaqtida Ambro preparati qo’llanishi mumkinmi?
Ambroksol gidroxlorid plasentar to’siq orqali o’tadi. Homiladorlikning 28-haftasidan so’ng ambroksol gidroxlorid qo’llanilishi homilaga salbiy ta’sirning hech qanday dalil-isbotlarini namoyish etmagan. Biroq, homiladorlik vaqtida, ayniqsa, dastlabki uch oylikda dori preparatini qabul qilishning umumiy qoidalariga rioya qilish kerak.
Ambro siropi ochilganidan so’ng qancha muddat saqlanishi mumkin?
  • O’ram idishi dastlabki ochilganidan so’ng saqlash muddati 4 hafta.
  • Yaroqlilik muddati tugaganidan so’ng qo’llanilmasin!
  • Asl o’ramda 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
  • Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!